jurnal haqida

“Raqamli Tibbiyot Jurnali” ilmiy jurnali 2025-yildan nashr qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan “Raqamli Tibbiyot Jurnali / Журнал цифровой медицины / Journal of Digital Medicine” ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (1567695-sonli guvohnoma, 07.05.2026-yil).

Jurnalning asosiy maqsadi — ilmiy jamoatchilikni tibbiyot va farmatsevtika sohalaridagi so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish, ilmiy almashinuvni rivojlantirish.

Ixtisosligi: Jurnal raqamli tibbiyot, klinik va eksperimental tibbiyot, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, telemeditsina, tibbiy ma’lumotlar tahlili hamda zamonaviy diagnostika va davolash usullariga oid ilmiy maqolalarni chop etishga ixtisoslashgan. Maqolalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tasdiqlangan talab va me’yorlarga muvofiq tayyorlanishi lozim.

Jurnal davriyligi: Jurnal har chorakda bir marta nashr etiladi.

Nashr hajmi – 100 sahifa.

Jurnalning to‘liq va qisqartirilgan nomlari:

(uz): “Raqamli tibbiyot jurnali” (RTJ)

(ru): «Журнал цифровой медицины» (ЖЦМ)

(en): “Journal of Digital Medicine” (JDM)

Muassis va tahririyat: “INNO-CENTER” MCHJ.

Tahririyat manzili: 170127, Andijon shahri, Yo.Otabekov ko‘chasi, 1-uy. Veb–sayt: http://raqamlitibbiyot.uz Elektron pochta: info@raqamlitibbiyot.uz Nashr tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

since 2026
t5imp2op0r
Patient,Interacts,With,Digital,Healthcare,Platform,On,Tablet.,Concept:,Technology
Medicine doctor holding electronic medical and record on tablet. DNA. Digital healthcare and network connection on hologram modern virtual screen interface, medical technology and futuristic concept.